Zakovat koordinatorlari taqdirlandi.

Zakovat koordinatorlari taqdirlandi. post thumbnail image

Kuni kecha mamlakatimizda “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi orasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirishda qoʻshayotgan hissasi, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarida “Zakovat” klubi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyganligi va boshqa xizmatlari uchun bir guruh faol “Zakovat” koordinatorlari planshetlar bilan taqdirlandilar.

Eʼtirofga sazovor boʻlganlar orasida Qarshi MII akademik litseyi yoshlar ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Nasibulla Yoriqulov ham bor.

✅Bu mukofot Nasibulla Yoriqulovning uzoq yillik samarali mehnatiga berilgan bahodir. Sababi uning boshchiligida akademik litsey oʻqituvchilari jamoasi 2021-yili “Breyn ring” finalchisi. 2023-yilda ayollar jamoasi “Zakovat” bellashuvida viloyat chempioni boʻldi.

Oʻquvchilari 2022-yili «Zakovat» intellektual oʻyinida viloyat bosqichi gʻolibi, joriy yilda esa 2-oʻrin sohibi boʻldilar.

Nasibulla Yoriqulovni ushbu eʼtirofga sazovor boʻlgani bilan samimiy muborakbod etamiz!

Related Post

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32-yilligiO‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32-yilligi

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy-ilmiy tadbirlar haftaligining yakuniy sarhisobi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda akademik litseyda faoliyat olib borayotgan

Xalqaro hamkorlikXalqaro hamkorlik

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Pasch-maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi doirasida Germaniyalik – PASCH koordinatori Simon Krechmer, tadbir tashkilotchisi Jim Avignon va Xolger Bayerlar tashrif buyurdilar. ✅Ular kunning birinchi yarmida akademik