An’anaviy ichki test-Sentabr

28 sentabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida an’anaviy ichki test sinovlarining sentabr oyi natijalari ham sarhisob qilinib, yuqori natijalarni qayd qilgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu kuni akademik litsey 1-bosqich o‘quvchilarining ota-onalari yig‘ilishi ham o‘tkazildi va tegishli vazifalar belgilanib olindi.