Fransuzcha talaffuz

28-31-oktyabr kunlari Qarshi MII akademik litseyida O’zbekistonning Fransiya elchixonasi tomonidan Qashqadaryo va Surxondaryodagi universitet, litsey va maktab o’qituvchilari uchun «Accent français» mavzusida seminar-trening o’tkazildi. Ushbu seminarda 70 nafar fransuz tili o’qituvchilari qatnashdilar. Seminarni Monpele til markazining fransuz tili o’rgatish metodikasi ekspertlari S.Ruzafu va O.Olger xonimlar olib bordilar.

Darslarda akademik litseyning fransuz tilini o’rganuvchi o’quvchilari ham qatnashdilar. Bu ularning kelajakda fransuz tilini chuqur o’rganishi bo’yicha katta motivatsiya bo’ldi.