Germaniyalik mutaxassis tashrifi

21-oktabr kuni Germaniyalik tish shifokori Michael Minzel Qarshidagi safari bo’yicha akademik litseyimizda  ham mehmon bo’ldi. Akademik litseyning nemis tilini o’rganuvchi o’quvchilari bilan amaliy suhbat o’tkazildi. O’quvchilar o’zlarining qiziqarli savollariga javoblar oldilar.

Janob Michael Minzel ham Qarshi MII akademik litseydagi nemis tilini o’rganish uchun yaratilgan imkoniyatlardan xursand bo’ldi. Bu tashrif nemis tili o’rganuvchilari uchun fevralda o’tkaziladigan imtihondan oldin yaxshi motivatsiya bo’ldi.