9-sinf bitiruvchilarni qabul qilish tartibi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyiga 2019-2020 o’quv yili uchun 9-sinf bitiruvchilarni qabul qilish

Qabul muddati: 2019-yil 20-iyundan 30-iyungacha

Akademik litseyiga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar to’plami:

1. Akademik litsey direktori nomiga ariza

2. Tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma yoki pasport nusxasi(1 dona)

3. 6 dona 3,5 X 4,5 o’lchamdagi yangi fotosurat(6 dona). Har bir rasm ortida maktab muhri va direktorning imzosi bo’lishi shart.

4. Papka va 2 dona konvert

5. Agar mavjud bo’lsa, xalqaro va respublika olimpiada, tanlovlar, musobaqalar g’olibiligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa hujjatlar.

2019-2020-o’quv yili uchun akademik litseyga hujjatlarni qabul qilish 20-iyundan 30-iyungacha amalga oshiriladi. Qabul komissiyasi ish vaqti: 09-00 dan 17-00 gacha. Qo’shimcha yangiliklar va o’zgarishlar akademik litsey saytida berib boriladi. Shu sababli, quyidagi web-sahifadagi yagiliklarni muntazam kuzatib borishni tavsiya qilamiz.